Ovozli AI tushuntirish
Noto‘g‘ri javob berdingizmi? AI nima uchun xato ekanini o‘zbek tilida, ovoz bilan tushuntiradi — repetitor kabi.
DTM va Milliy sertifikat 2027
Cheksiz mock testlar, har javobga ovozli tushuntirish, ball prognozi va o‘qituvchi bilan guruh — bitta ilovada.
Nima beradi
Noto‘g‘ri javob berdingizmi? AI nima uchun xato ekanini o‘zbek tilida, ovoz bilan tushuntiradi — repetitor kabi.
Milliy sertifikat va DTM formatida haqiqiy variantlar. Vaqt, ball, blok — imtihondagidek.
«Hozirgi sur‘atingda ~72 ball». Boshlang‘ichdan Akademikgacha daraja — natija, harakat va o‘sishdan yig‘iladi.
Boshqa o‘quvchi bilan ovozli savol-javob, AI hakamlik qiladi. Yolg‘iz o‘qish zerikarli — birga ishlang.
1×1 duel, fan bo‘yicha reyting. Do‘stingizni chaqiring — kim ko‘proq biladi?
Har kuni 20:00 da Telegramda qisqa hisobot: nima ishlandi, qancha o‘sdi. Bepul.
Uch qadam
Telegram, Google yoki SMS. Parol yo‘q.
Mashq, Milliy sertifikat yoki DTM — o‘zingiz tanlaysiz.
AI tushuntiradi, prognoz o‘sadi, daraja ko‘tariladi.
Imtihonlar haqida
Mudarris AI mock testlari rasmiy formatda tuzilgan: bloklar, ballar va vaqt imtihondagidek.
Uch majburiy fan va abituriyent tanlagan ikki fan. Har fan bloki alohida ball koeffitsienti bilan hisoblanadi.
Bitta fan bo‘yicha bilim darajasini tasdiqlovchi sertifikat. Yopiq va ochiq javobli savollar, har savol o‘z bali bilan. Yuqori daraja DTM da shu fandan imtiyoz beradi.
Tariflar
Bitta tarif — hamma imkoniyat. Obuna muddat ustiga qo‘shiladi.
0 so‘m
50 000 so‘m / oy
Online darslar
Hozircha bitta fan — Matematika. Yozilgan o‘quvchi guruhga qo‘shiladi.
599 000 so‘m / oy
Darsga yozilishA+ olsangiz — imtihon puli qaytariladi
Darsga yozilgan o‘quvchilar uchun
Savollar
DTM va Milliy sertifikatga tayyorlanuvchi o‘quvchilar uchun AI o‘qituvchi. Mock testlar ishlaysiz, har xatoni AI ovozli tushuntiradi, ball prognozingiz va darajangiz o‘sib boradi.
Har fandan bitta mashq testi, bitta Milliy sertifikat varianti, bitta DTM testi, AI bilan 3 ta savol-javob va 3 ta tushuntirish — ilovani tatib ko‘rish uchun.
Click, Payme yoki karta orqali (chekni @mudarrisai_support ga yuborasiz). Premium — 50 000 so‘m oyiga, hamma imkoniyat bitta tarifda.
Telegram, Google yoki telefon raqam (SMS) bilan — parol kerak emas. Bir odam — bitta hisob: telefon raqam asosiy kalit.
Ha. O‘quvchi havola yuborsa, ota-ona har kuni 20:00 da Telegramda qisqa hisobot oladi — bepul.
Uch majburiy fan (ona tili, matematika, tarix) 10 tadan savol, har biri 1,1 ball; birinchi tanlangan fan 30 savol × 3,1 ball, ikkinchi tanlangan fan 30 savol × 2,1 ball. Jami eng ko‘pi 189 ball, imtihon 3 soat. Mudarris AI mock testlari aynan shu tuzilmada.
Ishlagan testlaringiz asosida hozirgi sur‘atda imtihonda taxminan necha ball olishingiz ko‘rsatiladi. Har yangi test bilan prognoz yangilanadi va zaif mavzular alohida ajratiladi.
Ha — brauzerdan app.mudarrisai.uz orqali, hech narsa o‘rnatmasdan. Bosh ekranga qo‘shsangiz ilova kabi ishlaydi va bildirishnomalar keladi.